DXX xodimini ishga qayta tiklash
Salom.
Men DXX chegara qo'shinlarida vzvod komandiri o'rinbosari lavozimida xizmat qilar edim. Harbiy unvonim katta leytenant. Meni ustimdan shu yil fevral oylarida asoslanmagan malumotlarga ko'ra xizmat surishtiruvi o'tkazildi. keyin meni 10kun gavbaxtada (yer to'la)saqlab turishdi men u yerda ayibsizligimni aytim aybsizligimni isbotlaydigan xujjatlar va ovozli yozuvlarni DXX xodimlariga taqdim qildim. Lekin 27-aprel kuni men aybsizligimni isbotlashimga qaramasdan men qilmagan ayblarimni menga qo'yib Fuqarolarni xarbiy xizmat o'tash to'g'risidagi qonunning 291-moddasi Z-bandiga asosan DXX Raisining buyrug'i bilan zaxiraga bo'shatishdi va meni ustimdan to'plangan xujjatlarni Namangan xarbiy prokraturasiga jo'natishdi. Tergovchi bilan 1-2oydan ortiq ishladik va menga JPK ning 83-modda 2bandiga asosan Jinoyat ishini qo'zg'atishni rad etish qarori qabul qilindi. Keyin men qaror bilan tanishgani borganimda harbiy prokratura tergovchisi meni bir varoq oq qog'ozga qaror bilan tanishdim deya imzo qo'ydirib oldi va qarordan nusxani Toshkent tekshirgandan keyin olasiz deya meni ishontirdi. qaror bilan IYUN oyini oxirida tanishgan bolsam haligacha ololganim yo'q. Keyin xat yozdim bosh prokraturaga shundan keyin asossiz javob keldi. Ishimni qayta tiklamoqchiman. Aytolmagan va yozolmagan gaplarim kop, kim yordam bera oladi vaziyatni to'liq tushuntirib beraman.
Nima qilsam bo'ladi? Mana prokraturadan kelgan javob:
Siz va А.Q.Ishnaevga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan yaʼni. Sizlarning xatti-harakatlaringda jinoyat tarkibi aniqlanmaganligi bois, jinoyat ishini qoʼzgʼatishni rad qilish toʼgʼrisida qaror qabul qilingan va bu qaror bilan tanishib chiqqansiz.
Qarorda xizmat siri bilan bogʼliq maʼlumotlar borligini inobatga
olib, qayta harbiy xizmatga chaqirilish istagingiz boʼlgan taqdirda harbiy
xizmatga chaqirilayotgan qoʼmondonlikning soʼrovnomasiga asosan qabul
qilingan qarordan nusxa taqdim etilishi taʼminlanadi.
Юристы ОнЛайн: 69 из 47 431 Поиск Регистрация